Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mars sari yo‘l: NASA muhandisi Nagin Cox bilan ilhomlantiruvchi uchrashuv


 Kosmos orzudan kasbga qanday aylanadi?

Bu savolga javobni Fanlar akademiyasida NASA Jet Propulsion Laboratory tizim muhandisi, Mars 2020 Perseverance Rover missiyasi Mission Lead’i — Nagin Cox bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bevosita eshitdik.

   

 

 Uchrashuv davomida ishtirokchilar:
— insoniyat Yer chegaralaridan tashqarida kosmosni qanday tadqiq qilayotgani
— Mars va undan ham uzoq sayyoralarga yo‘naltirilgan missiyalar qanday loyihalanishi, uchirilishi va boshqarilishi
— eng yirik kosmik kashfiyotlar ortida turgan real insoniy hikoyalar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Nagin Cox Galileo, Mars Curiosity, Perseverance, Europa Clipper va MOXIE kabi afsonaviy kosmik loyihalarning ichki jarayonlari, jamoaviy ish va muhandislik yechimlari haqida ochiq va ilhomlantiruvchi fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

 Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida:
Nagin Cox — NASA JPL muhandisi, NASA Exceptional Service Medal va NASA Exceptional Achievement Medal sohibasi, AQSh Harbiy-havo kuchlari va NORAD’ning sobiq ofitseri, TED-spiker, STEM elchisi va so‘nggi o‘n yilliklarning eng muhim sayyoralararo missiyalari ishtirokchisi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!