馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Markaziy Osiyodagi ilk Yadro reaktori ishga tushganiga 61 yil to始ldi


Bundan 61 yil avval 1959-yil 10-sentyabrda O始zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida Markaziy Osiyoda birinchi VVR-SM rusumli Yadro reaktori ishga tushirildi.

 

Bu vaqt ichida Yadro reaktori yordamida yadro elementar zarrachalar fizikasi, radiatsiyaviy fizika va materialshunoslik, aktivatsiyaviy tahlil va radiokimyo sohalarida tadqiqotlar o始tkazildi. Shu yadro reaktori asosida turli radionuklidlar va radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqarilib respublikamizning shu turdagi mahsulotlarga bo始lgan talabini to始la qodirish bilan bir qatorda dunyoning o始ndan ortiq davlatiga eksport qilinadi. 30 yildan ortiq vaqt mobaynida reaktorning yiliga 6 ming soatdan ortiq, butun faoliyati mobaynida 300 ming soatga yaqin ishlagani sababli Xalqaro atom energiyasi agentligi mutaxassislari tomonidan u dunyoda shu turdagi tadqiqot yadro reaktorlari ichida eng samarali faoliyat ko始rsatayotgan reaktor deb baholandi. O始zining 60 yildan ortiq faoliyat ko始rsatganiga qaramay, bizning reaktorimiz xalqimiz va fanimiz rivojiga xormay-tolmay xizmat qilib kelmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!