Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Markaziy Osiyodа yangi tur aniqlandi


OʼzR FА Zoologiya instituti katta ilmiy xodimi Dilosa Daminova va MDH olimlari tomonidan fan uchun yangi hasharot turi topildi.

O'zbekiston va Turkmаniston  Ilm-fani uchun yangi tur: Eumerus bilobatus sp. n.  ta’riflandi. Mazkur tur Eumerus Meigen, 1822 avlodi, bactrianus kichik turkumi, strigatus guruhiga kiradi, (sensu Grkovich va boshq., 2019). Yangi tur E. bifurcatus van Steeniset Hauser, 2019 ga yaqin, ammo ocellar uchburchagida sariq tuklari borligi, orqa sonida unchalik uzun bo’lmagan ventral tuklari hamda IV-tergitning orqa chegarasida sariq-jigarrang chiziqlari mavjudligi, erkagining genitaliysi boshqacha tuzilganligi bilan farq qiladi  (E. bifurcatus da esa, ocellar uchburchagidagi tukchalar qora rangda,  pastki sonida tuklari yuqoridagisidan 3-5 marotaba uzunroq va IV-tergit butunlay qora rangda).


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!