Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Markaziy Osiyoda ilk bor buyrak ko’chirib o’tkazilganligining 50 yilligiga bag’ishlangan xalqaro anjuman o’tkazildi


Joriy yil 14-15-sentyabr kunlari FA Immunologiya va inson genomikasi instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Rossiya tibbiyot akademiyasi akademigi Aripov Oʻktam Aripovich xotirasi va Markaziy Osiyoda ilk bor buyrak ko’chirib o’tkazilganligining 50 yilligiga bag’ishlangan “Jarrohlik, transplantologiya va immunologiyaning dolzarb savollari” mavzusida  xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.

 

Anjumanda respublikamiz olimlaridan tashqari Avstriya, Ozarbayjon, Belarusiya Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Koreya Respublikasi, Rossiya, AQSh, Fransiya kabi 20 ga yaqin davlatlardan 50 ga yaqin xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.

O’tkazilgan mazkur anjuman olimlar, amaliy shifokorlar, talabalar o'rtasida professional ma'lumot almashish uchun maydon bo’ldi va u fan va sog‘liqni saqlash sohasidagi muammoli masalalarga millatning intellektual salohiyati va davlat resurslarini jalb qilishga xizmat qiladi. Turli maktab va yo‘nalishlar mutaxassislarining erkin fikr almashishi uchun maydonlar yaratish, jonli aloqalar va davomiylikni mustahkamlash mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Anjuman ishida quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi:

- qorin bo'shlig'i a'zolarining xavfli va xavfsiz kasalliklarini zamonaviy diagnostikasi va jarrohlik yo'li bilan davolashning jihatlari;

- buyrak va jigar transplantatsiyasining dolzarb masalalari;

- transplantatsiya immunologiyasi va immunogenetika;

- odam kasalliklarining immunologik jihatlari.

Bundan tashqari, anjuman doirasida yosh olimlar va shifikorlar  uchun "Immunologlar maktabi" ham tashkil etildi.

Ma’lumot o’rnida, 1972-yilda Toshkent shahrida U.A.Aripov rahbarligida O‘zbekistonda ilk bor surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorga buyrak ko’chirib o’tkazilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!