Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Markaziy Osiyoda “Global biologik xilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar portali” (GBIF): rivojlanishning yangi aspektlari


Yevropaning “Global biologik xilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlar portali” (GBIF) markaziy kotibiyati, EarthCape tashkiloti, Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir qancha institutlari olimlari hamda yurtimizning qator universitetlari tadqiqotchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutida 22-24 aprel kunlari “Capacity Enhancement Support Programme (CESP) - CESP2023-007: GBIF in Central Asia: new aspects of development” nomli xalqaro loyiha doirasida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

                                                   

 

 

 

 

 

 

 

 

Seminarda hamkor tashkilotlar о‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, gerbariy namunalarini raqamli formatga o‘tkazish va ularni GBIF (https://www.gbif.org/) rasmiy saytida hujjatlashtirish, bioxilma-xillik doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda istiqboldagi yangi loyihalar muhokama qilindi.

 

 

Tadbir davomida GBIF tashkiloti va Botanika instituti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

 

 

GBIF delegatsiyasi a’zosi Michal Torma O‘zbekiston bioxilma-xillikka oid ma’lumotlarni joylashtirilishida juda faol ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

 

 

 

GBIF delegatsiyasi a’zosi Rukaya Sarah Johaadien bioxilma-xillikni rasmiylashtirishga oid bilimlarini seminar qatnashchilari bilan bo‘lishmoqda.

 

 

 

 

 

 

Seminar so‘ngida barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!