O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida Markaziy Osiyo biologik xilma-xilligini saqlash va Markaziy Osiyo botanika bog‘lari tarmog‘ini tuzishga bag’ishlangan Memorandumni imzolash marosimi boshlandi.
Tadbirda Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonning ilmiy-tadqiqot muassasalari, botanika bog’lari sohasidagi taniqli olimlar ishtirok etishmoqda.
Xalqaro seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo biologik xilma-xillikni saqlash tarmogʻi doirasida hamkorlikdagi faoliyatni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Dasturga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilmoqda va botanika bog‘lari o‘rtasida anglashuv Memorandumi imzolash tarzida yangi rivojlanish bosqichlari muhokama qilinmoqda.