馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Margarita Ivanovna Filanovichning Toshkent shahri merosini o鈥檙ganishga qo鈥檚hgan hissasi


Toshkent shahrining qulay tabiati tufayli qadimgi tosh davridan odamlar tomonidan o始zlashtirilib kelingan. Bu hududda miloddan oldingi 3-2 ming yilliklarda ko始chmanchi chorvadorlar yashagan, miloddan oldingi 2-ming yillikning 2-yarmidan o始troq dehqonlarning qishloqlari paydo bo始lgan. Miloddan oldingi 3 – 2-asrdan boshlab esa shaharchilikka asos solina boshlagan. Keyingi davrlarda qishloq va shaharlarning, alohida qo始rg始onlarining soni ko始payib borgan. Hududda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik taraqqiy etib, keng savdo-sotiq ishlari amalga oshirilgan, o始ziga xos taraqqiyot bosqichlari ro始y bergan. O始zbekiston Fanlar akademiyasi 袗rxeologiya institutining Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari Toshkent shahrining bu kabi tarixi tiklash borasidagi ishlpri alohida ajralib turadi. Toshkent shahrida arxeologik qazishmalar va kuzatuvlar olib borgan bu ekspeditsiya 1966-yil Toshkentda bo始lib o始tgan kuchli zilziladan so始ng, shaharda boshlangan jadal qurilishlar paytida, ya始ni, 1967-yilda arxeolog Ya.G始.G始ulomov tashabbusi bilan “Toshkent arxeologiya otryadi” nomi bilan tuzilgan va 1978-yildan “Toshkent arxeologiya otryad” nomi bilan doimiy faoliyat yurituvchi ekspeditsiyaga aylanib. Bu guruhga tarix fanlari nomzodlari, olima arxeologlar V.袗.Bulatova (1967 – 1968 va 1971 – 1974-yillar) va M. T. 袗minjonova (1969 – 1970-yillar)lardan so始ng esa Margarita Ivanovna Filanovich (1974-yildan) rahbarlik qilganlar. Ekspeditsiya guruhining turli yillardagi keng ko始lamli tadqiqot ishlarida hozirda nafaqat O始zbekistonda qolaversa, chet ellarda ham nomlari mashhur bo始lgan taniqli arxeologlar ishtirok etishgan. Bu ekspeditsiya tuzilishi bilan a始zo bo始lib kirgan va keyin rahbarlik qilib kelgan, 85 yoshlik yubeliyining salmoqli qismini Toshkent shahrining arxeologiyasi va tarixini o始rganishga bag始ishlagan matonatli, tirishqoq va fidoyi olima – Margarita Ivanovna Filanovichning ham xizmatlari kattadir. U shahardagi barcha arxeologik yodgorliklarda o始tkazilgan tadqiqotlarda ishtirok etgan. Shoshtepa, Ko始gaittepa, Mingo始rik, Yuunusobod Oqtepasi, Chilonzor Oqtepasi, Xonobod, Binkatda olib borilgan tadqiqotlarda katta natijalar qo始lga kiritilgan. Eng muhimi, tadqiqotlarda erishilgan yutuqlarni M.I.Filanovich mahorat bilan bir tizimga sola bilgan. U shahardagi yodgorliklarni stratigrafik o始rganish orqali fanning ayrim munozarali masalalariga aniqlik kiritgan. Xususan, Burganli va Qovunchi madaniyatlari davri hamda alohida boschiqlari belgilangan, Chochning qadimgi va o始rta asrlardagi poytaxtlari, bu mintaqaning tarixiy topografiyasi, iqtisodiyoti va aholisining g始oyaviy dunyoqarashlarini oydinlashtirgan.

M. I. Filanovich qazishmalardan olingan natijalarga tayanib Toshkent shahri miloddan oldingi 13 – 12-asrlardan to milodiy 16-asrgacha bo始lgan taraqqiyot bosqichini ajratib bergan. Xususan, miloddan oldingi 13-asrlarda o始rtoq dehqonchilik (Burganli madaniyati) bilan shug始ullangan aholi vakillari, so始ngra, miloddan oldingi 6 – 3-asrlarda ko始chmanchi chorvadorlar tomonidan egallanganligi, keyin esa iqlim o始zgarib Sirdaryoning quyi oqimlari suvsizlanishi natijasida u joydagi aholining miloddan oldingi 3-asr oxiri – 2-asrlarda Toshkent(Choch)ga kelib o始rnashishi va mahobatli imoratlar, xususan xoch shaklidagi imoratlarni qurilganligi, keyin miloddan oldingi 1-asr – milodiy 4-3-asrlargacha bunday imoratlarga yangi devorlar qo始shib qurilib, ularning (olov bilan bog始liq) yirik diniy ibodat marosimlar o始tkaziladigan makonga aylanganligi, 5 – 8-asrlarda yangi etnomadaniy qorishuv jarayonlari bo始lganligi, 8-asr boshidagi arab askarlarining talofiti, 9 – 13-asr boshlarida somoniylar, qaraxoniylar, xorazmiylar sulolasi hukumronligi davriga xos taraqqiyot bosqichlari kechganligi, 13-asrning ikkinchi o始n yilligidan Chingizxondan qo始shinidan ko始rilgan vayronagarchilik va 14 – 15-asrlardagi 袗mir Temur va temuriylar boshqaruvi paytida hayot qayta jonlanganligi kabilar asoslab berilgan. Uning ishtiroki va rahbarligidagi tadqiqotlar evaziga Toshkent shahrining 2200 yillik yoshini belgilangan va 2009-yilda yubileyini keng nishonlangan.

M.I.Filanovich Toshkent shahrida olib borilgan tadqiqotlarda qo始lga kiritilgan natijalarni respublika va xorijiy davlatlardagi konferentsiyalarda aprobatsiyadan o始tkazib keng jamoatchilikka yetkazib kelmoqda. Bu kabi ma始ruzalar va tadqiqotlar ko始plab ilmiy maqola va monagrafiya sifatida chop ettirilgan, TV, radio, turli ijtimoiy tarmoqlar va gazetalarda targ始ib qilingan. 袗yniqsa, ular ichida olimaning ikki: “Toshkent. Shahar va shahar madaniyatining kelib chiqishi hamda rivojlanishi (孝邪褕泻械薪褌. 袟邪褉芯卸写械薪懈械 懈 褉邪蟹胁懈褌懈械 谐芯褉芯写邪 懈 谐芯褉芯写褋泻芯泄 泻褍谢褜褌褍褉褘)” hamda “袗rxeologik manbalarda Toshkentning qadimgi va o始rta asrlar tarixi (袛褉械胁薪褟褟 褋褉械写薪械胁械泻芯胁邪褟 懈褋褌芯褉懈褟 孝邪褕泻械薪褌邪 胁 邪褉褏械芯谢芯谐懈褔械褋泻懈褏 懈褋褌芯褔薪懈泻邪褏)” nomli asarlari keng jamoada katta qiziqish va taassurot qoldirmoqda. U Toshkentdagi yodgorliklarni saqlab qolish bo始yicha ham jonkuyarlik qilib kelmoqda, kezi kelganda “qattiq-qattiq” gaplar gapirmoqda.

Xullas, M.I.Filanovich Toshkent shahrida merosini o始rganish, targ始ib qilish va saqlab qolishda o始rnak olsa arzugilik ishlarni amalga oshirmoqda. Uning bu ishlari kelajak avlodda Toshkentning o始ziga xos o始rni borligi tushunishga, shahar tarixi bilan faxrlanish tuyg始usining shakllanishiga xizmat qiladi. Olima M.I.Filanovich bu ishlari uchun katta minnatdorlik bildiramiz va uzoq umr tilaymiz.

 

D. R. Normurodov,

O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimi, tarix fanlari bo始yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!