
Habibullayev Nozim Nasibullayevich – manbashunos, muzeyshunos olim, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
U 1951-yil 7-iyunda Toshkentda tug始ilgan. 1968-1973-yillarda Toshkent davlat universiteti sharq fakul褜tetining arab bo始limida ta始lim oldi. Universitetni tugallagach bir yil davomida O始zbekiston Telegraf 袗gentligida muxbir bo始lib ishladi. 1974-yilda O始zR F袗 Tarix institutining qadimgi va o始rta asr tarixi bo始limiga kichik ilmiy xodim bo始lib ishga o始tdi. 1988-yilda Institutning ilmiy kengashida “袘褍屑邪卸薪芯械 锌褉芯懈蟹胁芯写褋褌胁芯 胁 小褉械写薪械泄 袗蟹懈懈” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989-yilda Tarix institutining qadimgi va o始rta asr tarixi bo始limiga mudir etib tayinlandi. 1996-2014-yillarda O始zR F袗 Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori lavozimida 18 yil davomida faoliyat olib bordi. U bevosita muzey tashkil etilishining asoschilaridan biri bo始lib, Muzey fondining boyishida, yangi ko始rgazmalar, ilmiy loyihalar, mahalliy va xalqaro miqiyosda tashkil etilgan konferensiyalarning tashkilotchisi sifatida muhim ishlarni amalga oshirdi. Xususan, uning rahbarligida ilk bora xorijning 13 dan ortiq yirik muzeylari hamda 10 dan ortiq shaxsiy kolleksiyalarida saqlanayotgan Temuriylarga oid ashyolar tadqiq etilib, ular asosida yangi ko始rgazmalar tashkil qilindi va Muzey fondi yangi eksponatlar, fotosuratlar bilan boyidi. Shu bilan birga N.N.Habibullayev Temuriylar davri san始ati va madaniyatini targ始ib etishga doir xalqaro anjumanlarning Muzeyda ilk bor tashkil etilishida ilmiy koordinator sifatida ham faoliyat olib bordi.
Olim o始z faoliyatida qator xorijiy davlatlarda ilmiy safarlarda bo始lib, xalqaro konferensiyalar va simpoziumlarda o始z ma始ruzalari bilan ishtirok etdi. Shu bilan birga olim Koreya, Yaponiya, Xitoy olimlari bilan hamkorlikda ishlanayotgan, Samarqand qog始ozini yaratish va uni targ始ib etishga bag始ishlangan xalqaro loyihada ham ishtirok etdi.
2019-yilda N.Habibullayev mas始ulligida “O始zbekiston tarixi xrestomatiyasi”ning IV jildi qayta nashrga tayyorlandi.
O始zbekiston madaniyati tarixini asrash, tadqiq va targ始ib etish bilan bog始liq masalalar bevosita uning rahbarligida olib borilgan qator fundamental loyihalarda, ko始rgazmalarda va 100 dan ortiq ilmiy nashrlarda o始z ifodasini topdi. U 100 ga yaqin ilmiy va 100 dan ziyod ilmiy-ommabop maqolalar, 3 ta monografiya muallifidir. Uning rahbarligida 1 ta fan doktori va 3 fan nomzodi tayyorlangan.
Iste始dodli olim, ilg始or tashkilotchilik va yuksak insoniy fazilatlari bilan respublika hamda xorijiy olimlar hurmatini qozondi.
Uning xizmatlari davlatimiz tomnidan ham yuksak baholanib, “Shuhrat” medali (1996-y.), “Mehnat shuhrati” ordeni (2001-y.), “O始zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil” esdalik ko始krak nishoni (2016-y.) bilan taqdirlangan.
O始zR Fanlar akademiyasi jamoasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Habibullayev Nozim Nasibullayevichning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a始zolariga chuqur ta始ziyasini izhor etadi.