馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mamlakatimiz ilm-fani og始ir judolikka uchradi


袗xborot texnologiyalari sohasidagi yirik olim, O始zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Jo始ra 袗bdullayev shu yil 18-aprel kuni 93 yoshida vafot etdi.

J.袗bdullayev 1927-yil 21-fevralda Toshkent shahrida tug始ildi.

1953-yilda O始rta Osiyo politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti)ni tugatib, Rossiya Fanlar akademiyasining 袗vtomatika va telemexanika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1959-yilda nomzodlik, 1974-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1989-yilda O始zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi.

J.袗bdullayev o始z mehnat faoliyatini 1956-yili O始zbekiston Fanlar akademiyasining Energetika va avtomatika institutining kichik ilmiy xodimi sifatida boshladi. Ushbu maskanda katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri lavozimlarida samarali mehnat qildi. Keyinchalik O始zbekiston Oliy va o始rta maxsus ta始lim vaziri, Toshkent elektrotexnika va aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) rektori, O始zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti vazifasini bajaruvchisi, mexanika va informatika fanlari bo始limi raisi, Informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi bosh ilmiy xodimi kabi mas始ul vazifalarda samarali xizmat qilib, respublikamizda malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, zamonaviy ilm-fan tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissa qo始shdi.

Zahmatkash olimning axborot texnologiyalari sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag始ishlangan ko始plab maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar ilmiy jamoatchiligi o始rtasida yaxshi ma始lum. Uning bir qator ilmiy ishlanmalari iqtisodiyotimiz tarmoqlarida muvaffaqiyatli qo始llanib kelmoqda.

Jonkuyar ustoz, mohir pedagogning bevosita rahbarligida o始nlab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.

袗kademik J.袗bdullayevning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U “O始zbekistonda xizmat ko始rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni va “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan edi.

袗toqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Jo始ra 袗bdullaevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

 

Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,

袗.袗ripov, B.Yo始ldoshev, I.袗bdurahmonov.

Manba: president.uz


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!