Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Maktabgacha ta’lim muassasalarida energiya tejamkor va qayta tiklanadigan energiya manbalari texnologiyalari qo‘llaniladi


Koreyaning “JEIL CONSTRUCTION Co., LTD” hamda O‘zR FA Quyosh energiyasi xalqaro instituti bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining O‘rta chirchiq tumanida joylashgan 19-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi binosini energiya tejamkor va qayta tiklanadigan energiya manbalari innovatsion texnologiyalarini qo‘llagan holda rekonstruksiya qilishga kelishib olindi. Kelishuvga ko‘ra Quyosh energiyasi xalqaro instituti ishlanmalari asosida o‘rnatilgan quvvati 10 kVt bo‘lgan va elektr tarmog‘i bilan parallel ishlaydigan (on-grid) Quyosh fotoelektrik stansiyasi hamda SRO-texnologiyalari asosida issiq pol o‘rnatiladi. Loyiha Koreya davlati granti hisobidan amalga oshiriladi va shu yilning oktabr oyigacha tugallanishi ko‘zda tutilgan. Bu pilot loyiha bo‘lib, respublikaning turli joylarida yuzlab shunday loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!