Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Mahmud Zamaxshariy-sharqning mashhur allomasi va mutafakkiri” xalqaro onlayn-ilmiy anjumani haqida


  Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Ozarbayjon Milliy Fanlar  akademiyasi,   Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik  instituti, Xorazm Maʼmun akademiyasi va Urganch davlat universiteti tomonidan “Mahmud Zamaxshariy-sharqning mashhur allomasi va mutafakkiri” xalqaro  onlayn-ilmiy anjumani boʻlib oʻtdi.

 

Anjumanda Ozarbayjon, Turkiya va Oʻzbekiston respublikasining olimlari tomonidan  ilmiy maʼruzalar qilindi. Konferensiyada  Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi boʻlim boshligʻi, filologiya fanlari doktori Almaz Ulviy Binnatova “Mahmud az-Zamaxshariy asarlarining Ozarbayjonda tadqiqi”, Turkiyaning Saljuq universiteti professori, filologiya fanlari doktori Mustafa Demirji “Zamaxshariy ilmiy merosining turk tili taraqqiyotidagi oʻrni”, Amasiya universiteti professori, tarix fanlari doktori Aykut Oʻzbayrakdarning “Az-Zamaxshariy ilmiy merosining Turkiyada oʻrganilishi”, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Z.M.Islomovning “Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida Mahmud Zamaxshariy ilmiy merosining oʻrganilishi”, ushbu akademiya Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent   M.A.Nasirovaning “Zamaxshariyning “Al Mufasssal” va “Al-Unmuzaj” asarlari matnining qiyosiy tahlili”,  Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri  oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori D.J.Xudjanovaning “Zamaxshariy “ Al-qistaʼs” asarining aruzshunoslik tarixidagi oʻrni”, Xorazm Maʼmun akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi boshligʻi R.B.Mahmudovning “Zamaxshariyning arab tili grammatikasi rivojiga qoʻshgan hissasi va oʻrni”, UrDU professori, filologiya fanlari doktori A.D.Oʻrozboyevning “Oʻzbek tili tarixi taʼlimida Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” asari  oʻrni”, Xorazm Maʼmun akademiyasi katta ilmiy xodimi D.Bobojonovning “Zamaxshariyning  tafsir ilmiga qoʻshgan hissasi”, akademiya ilmiy kotibi, geografiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim D.R.Roʻzmetovning  “Zamaxshariy jugʻrofiyasi-Hijoz togʻlari va suvlari asari”, katta ilmiy xodim, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori U.Bekimmetovning “Xorazm faxri-Jorulloh”, OʻzFA sanʼatshunoslik instituti doktoranti, sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori  M.Abdullayevning “Zamaxshariyning mantiq ilmiga qoʻshgan hissasi”, OʻzFA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi J.O.Joʻrayevning “OʻzFA Sharqshunoslik instituti fondidagi Zamaxshariy asarlari qoʻlyozmalari tasnifi” mavzusidagi maʼruzalari tinglandi. Xulosa qilinganda Zamaxshariyning boy merosi haqida qimmatli fikrlar bildirildi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!