Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Mahalliy kartoshka urug‘lari bilan yangi texnologiyalar: fermerlar uchun istiqbolli tajribalar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ko‘rsatmalari doirasida O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining tajriba dalasida XXRning Singdau qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda g‘alladan bo‘shagan maydonga mahalliy kartoshka urug‘larini Xitoy texnologiyasi asosida bir necha usullarda tajribalar o‘tkazildi. 

Tajriba usullari kesimida hosildorlik gektariga o‘rtacha 40-50 tonnani tashkil etdi. 
Ushbu tajribalarga bevosita masʼul bo‘lgan Institut ilmiy xodimlari B.Chinniqulov, S.Meliyev va X.To‘raqulov so‘zlarga ko‘ra, tajribaning eng samarali usullari kelgusi yilda kattaroq maydonda davom ettirilib, yanada ko‘proq hosildorlikka erishish hamda respublikamiz fermer xo‘jaliklariga ushbu texnologiyani joriy etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 

Ushbu tarjibalar Xitoy Xalq Respublikasining SINXUА Аxborot agentligining video-reportajida (https://h.xinhuaxmt.com/vh512/share/12845315?docid=12845315&newstype=1001&d=13501f6) yoritildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!