Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Made in Uzbekistan”da innovatsion ishlanmalar namoyish etilmoqda


Respublikamizda oʻtkazilayotgan “Made in Uzbekistan” I Xalqaro eksport koʻrgazma-yarmarkasida korxona va tashkilotlar oʻzlarining farmatsevtika, oziq-ovqat, charm-poyabzal, qurilish, xalq isteʼmoli mollari, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, elektrotexnika, agrosanoat yutuqlari, yangi turdagi mahsulotlari, taʼlim va boshqa turdagi xizmatlari bilan ishtirok etishmoqda. Xususan, ushbu ko`rgazma-yarmarkada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun makro, mikro, mezo elementlarga va bioorganik moddalarga boyitilgan “Gektar” kompleksi, “ElSMiK” bargdan oziqlantiruvchi vositasi, “Dalron super” defolianti, Mikrobiologiya instituti olimlarining turli xil biopreparatlari bilan qatnashmoqda.

Shuningdek, Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri Farhod Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan rezervuarlar uchun panton qurilmasi namoyish etilmoqda.

Ushbu suzuvchi panton qurilmasi neft mahsulotlar tarkibidagi yengil uglevodorodlarni havoga bugʻlanishini kamaytiradi va sigʻimlar ichida toʻsatdan chiqadigan yongʻinlarni bartaraf yetadi. Koʻmir briketi uchun bogʻlovchi-briketlarning qattiqligini, yonuvchanligini oshiradi, shuningdek, neft va gaz tarmogʻidagi issiqlik turbalarining ichki yuzasidagi tuzli qatlamni tozalash uchun erituvchi vosita sifatida ham foydalaniladi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!