Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida anjuman o`tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi  PQ-5117-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi, Xorazm Ma`mun akademiyasi hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida "Madaniyatlararo muloqot: tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi.

Anjumanni Xorazm Ma'mun akademiyasi raisi I.Abdullayev ochib berdi. Shundan so`ng, kun tartibidagi masalalar yuzasidan Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi vakillari, Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimlari, Urganch davlat universiteti prafessor o'qituvchilari, shuningdek, Zoom platformasi orqali  nufuzli  xorijiy universitetlarning  professor-o`qituvchilari ishtiok etdi. Anjumanda oliy ta`lim tizimida xorijiy tillarni samaradorligini oshirish,  ta’lim oluvchilarning chet tilida fikr yuritish, erkin nutqni amalga oshira olish qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual faoliyatini shakllantirish, talabalarga chet tilidan sifatli ta’lim bera olish, ularda xorijiy tildagi og’zaki muloqotda ishtirok etish ko’nikmasini shakllantirish kabi dolzarb masalalar bo’yicha ma’ruzalar tinglandi va o’zaro fikr alashildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!