Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Liboslar: hind va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar ko‘prigi"


Kiyim-kechaklar har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi.

Kiyimlarda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go‘zallik, nafosat va orzularining o‘ziga xos jihatlari ko‘zga yaqqol tashlanadi.

 Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi hamda Hindiston mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan 2021-yil 24-avgust kuni O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Hindiston Elchixonasi tasarrufidagi Lal Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi va ShHT(Toshkent) bilan hamkorlikda “Liboslar: hind va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar ko‘prigi” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muzeyga tashrif buyurganlar o‘zbek va hind millatining turli marosimlarda va kundalik hayotda kiyiladigan milliy liboslari, bosh kiyimlari va milliy matolari bilan tanishdilar.

 

O‘zbekiston va Hindiston milliy liboslari o‘z milliyligini saqlagan mashhur mamlakatlardan hisoblanadi.

Bu ko‘rgazma o‘zbek va hind millatining bir biriga bo‘lgan madaniy munosabatini bildiradi. Ko‘rgazmadagi liboslarda ikki xalq o‘rtasidagi madaniy o‘xshashlikni va ranglar uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin. Hind va o‘zbek milliy liboslari paxta va shoyi matosidan tikilganligi, naqshlari esa kumush va oltin iplar bilan bezatilganligi, islomiy naqshlarning hamohangligi ikki xalqning azaliy birdamligini ko‘rsatadi.

Ko‘rgazma 2021-yil 31-avgustga qadar davom etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!