O始zbekiston Respublikasi Fanlar ademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O始simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vositani olish usuli ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi patenti olindi.

Kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vosita maydalangan o始simlik xom-ashyosini eritgich - benzin yoki geksanda ekstraktsiya qilish, filtrdan o始tkazish va eritgichni bug始lantirish yo始li bilan olinadi.
Yara bitkazuvchi vosita quyidagi jihati bilan farqlanadi: o始simlik xom-ashyosi sifatida mos ravishda 2,5-1:1:1 massa nisbatida olingan na始matak mevalari (Rosa canina L.), kunjut urug始i (Sesamum indicum L.), garmalaning yerusti qismi (Peganum harmala L.) va zizifora (Ziziphora pedicellata Pazij et Vved) qo始llanadi, benzin yoki geksan bilan ekstraktsiyalash Sokslet sistemasida 60-78°小 haroratda hamda xom-ashyo: eritgichning 1:15 massa nisbatida 8-10 marta o始tkaziladi keyin ekstrakt tabiiy lipidli moddalar miqdori 30-35 foizga yetgunicha kontsentratsiya qilinadi.