Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Kushon shahzodasining boshi


Kushon shahzodasining boshi arxeologik topilmasi. Bugungi kunga kelib ma’lum va mashhur bo‘lgan Shahzodaning boshi haqida nimalar bilamiz? Aslida u kimga tegishli bo‘lgan va uning asli qayerda saqlanadi? Avvalo haykalning topilishiga to‘xtalsak. Haykal bo‘lagi 1967-1968-yillarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa arxeologik yodgorligida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining akademik G.A.Pugachenkova rahbarligidagi “O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi” tomonidan qazishmalar natijasida topilgan.

 

Haykal topilgan majmua “Buddaviylik muqaddasgohi” (dala shifri DT-1)ning “Shohlar zali” deb nomlanib, bu yerda Budda va buddaviylik diniga aloqador boshqa obrazlar, shuningdek, devata hamda dunyoviy personajlarni aks ettiruvchi haykal va ularning bo‘laklari aniqlangan.

Kushon shahzodasi yosh navqiron yigit qiyofasida aks etgan. Uning boshida tangachalar bilan bezatilgan konussimon bosh kiyimi bo‘lib, uning yuqori mavqega ega, ya’ni Shoh oilasi vakili ekanligiga ishora qiladi. Haykalda saqlangan tabiiy oq, zarg‘aldoq va qora rang izlariga qaraganda, u bo‘yalgan: kuloxi qora rangda bo‘lib, tangachalari oltin suvi bilan yuritilgan, shahzodaning yuzi esa och qizil rangga bo‘yalgan. Kushon shohlarining tangalari (masalan, Vasishka I)da ham kulox kiyib tasvirlangan shoh qiyofalari aks etgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!