O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda “E-LINE PRESS” MChJ o’rtasida Kelishuv imzolandi. Ushbu Kelishuv O’zR FAga global elektron ilmiy va ta'lim manbalaridan (DynaMed va Cortellis Drug Discovery Intelligence) 1 oy davomida bepul foydalanish imkonini beradi.
Kelishuvdan ko’zlangan asosiy maqsad, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlariga, umuman insoniyatga katta xavf solayotgan COVID-l9 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqqa aniq va ishonchli ma’lumotlar yetkazish, Fanlar akademiyasining reytingini oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalarini dunyoning yetakchi nashriyotlari (DynaMed va Cortellis Drug Discovery Intelligence kabi elektron tibbiy ilmiy ma'lumotlar bazalari) bilan ta'minlashdan iborat.
Kelishuvga ko’ra, “E-LINE PRESS” MChJ Fanlar akademiyasi tomonidan o'tkaziladigan ilmiy va ta'lim tadbirlariga (konferensiyalar, seminarlar, taqdimotlar, davra suhbatlari va boshqalar) homiylik qiladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari uchun jahon ma'lumotlar bazalarida ma'lumotlarni qidirish va Fanlar akademiyasi uchun elektron kutubxonalarni yaratish uchun yangi texnologiyalardan foydalanish bo'yicha taqdimotlar, o'quv kurslari va o'quv seminarlarini tashkillashtiradi.
Fanlar akademiyasini ilmiy-tadqiqot jarayonida elektron ilmiy va o'quv resurslaridan foydalanish bo'yicha o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlash, shuningdek, Fanlar akademiyasi xodimlarining ilmiy maqolalarini yuqori baholangan jurnallarda nashr etish orqali uslubiy yordam beradi.