Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Koronavirusga qarshi ilmiy tadqiqotlar


Jahonda o'tkazilayotgan ilmiy izlanishlar tahlili ko'p dorivor o'simliklarning ikkilamchi metabolitlari virus va mikroblarga qarshi xususiyatlarini ko'rsatdi. Jumladan, flavonoid, alkaloid, xalkonlar va boshqa metabolitlar.

O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi institutida ko'p tabiiy va sintetik birikmalar ajratib olindi, ularning kimyoviy tuzilishi va farmako-toksikologik xususiyatlari o'rganildi, ularni olish texnologiyalari yaratildi. Shu moddalar va ularning sintetik modifikatsiyalari orasida COVID-19 ga qarshi perspektiv moddalarni izlab, ularni ishlab chiqib, qisqa paytlarda tibbiyotga kiritish mumkin. Niklozamid preparati gelmintlarga qarshi preparat bo'lib, Italiya, Fransiya, AQSh, O'zbekiston va boshqa mamlakatlarda sinab ko'rilgan va tibbiyotda ishlatilishiga ruxsat berilgan. Bu preparat “Fenasal” nomida O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi institutida ishlab chiqariladi.

Jahonda niklozamidning koronavirusga qarshi xususiyatlari aniqlangan va shu munosabat bilan u Fransiya va Singapur davlatlarida yaqin vaqtlarda klinik sinovlardan o'tadi. Hozirda Institut olimlari tomonidan “Fenasal”ning ingalyatsion shaklini ishlab chiqish bo'yicha dastlabki farmakologik ishlar olib borilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!