Davlatimiz tomonidan karantin davrida xalqimizning oziq-ovqat va kundalik ehtiyojlarini to始liq qamrab olish, ayniqsa, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalash borasida qator chora-tadbirlar belgilandi va amalga oshirilmoqda.
O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti COVID-19 ga qarshi kurashda aholiga moddiy va ma始naviy yordam ko始rsatish maqsadida tashkil etilgan “O始zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga xodimlarning bir kunlik ish haqini beg始araz yordam tariqasida o始tkazib berdi.

Koronavirus pandemiyasi bugun butun dunyoni larzaga keltirdi. Unga qarshi kurashish mamlakatimiz uchun o始ta jiddiy sinov bo始ldi. Ushbu og始ir damlarda barchamizdan sabr-toqat, birdamlik talab etiladi va biz albatta buning uddasidan chiqamiz.
Qadrli yurtdoshim! Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda birlashaylik!