Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida izchil ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda va zarur chora-tadbirlar ko始rilmoqda.
袗holini kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta始minlash maqsadida viloyatimizning shahar va tumanlarida, mahallalarda ko始chma savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Mamlakatimizning barcha hududlari singari qadimiy Xiva shahrida ham koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash tadbirlari izchil ravishda o始tkazilmoqda. 袗yniqsa, har bir fuqaroning o始z uyida qolib, karantin kunlarida belgilangan qoidalarga qat始iy rioya qilishlari shartligi, o始zining, yaqinlarining sog始ligini muhofaza qilishi muhimligi haqida fuqarolarga tushuntirilmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 3 aprelida qabul qilgan “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo始llab-quvvatlashga doir qo始shimcha chora-tadbirlar to始g始risida”gi Farmonida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko始rsatishining barqarorligini ta始minlash, shuningdek, ayrim xo始jalik yurituvchi subyektlarni qo始llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladigan vazifalar aniq ko始rsatib berilgan. 袗yni kunda mazkur Farmon ijrosi izchil ravishda ta始minlanmoqda.
Davlatimiz rahbarining ushbu Murojaatida “...turistik va mehmonxona faoliyati bilan shug始ullanuvchi tadbirkorlar shu yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini to始lashdan ozod etiladi. Ularga ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga tushiriladi. Ushbu imtiyozdan sohada xizmat ko始rsatayotgan mingdan ortiq subyektlar foydalanish imkoniyatiga ega bo始ladi”, deya alohida qayd etildi. Bu esa Xiva shahrida faoliyat yuritadigan 50 dan ortiq oilaviy va 22 dan ziyod jahon talablariga javob beradigan mehmonxonalar egalarini ham quvontirmoqda.
Keyingi yillarda yurtimizda turizm, sayyohlik har tomonlama rivojlanmoqda. Masalan, turizm eksporti Xiva shahrida 2019-yilda 2018-yilga nisbatan – 4 mlrd. so始mdan 14 mlrd. so始mga oshgan edi. Kelgusida ham turizm sohasi bilan shug始ullanishni ko始plab tadbirkorlar rejalashtirmoqdalar.
Prezidentimizning mazkur Farmonida ushbu sohaga qaratilgan alohida e始tibor tadbirkorlarni kelgusida istiqbolli loyihalar asosida faoliyat yuritishga ruhlantirmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda talabalar, o始quvchi-yoshlar uyda qolib, Onlayn darslarni qunt bilan o始zlashtirmoqdalar. Kitob o始qimoqdalar. Badantarbiya va jismoniy mashqlarni bajarmoqdalar. Ota-onalar ham foydali mashg始ulotlar bilan shug始ullanib, farzandlariga kitoblar o始qib bermoqdalar.
袗zaldan Xiva usta hunarmandlar, chevarlarning maskani bo始lib kelgan. 袗yni paytda momolar va bobolar farzandlari, nabiralariga ushbu kasb-hunarlarni ham o始rgatib, milliy an始ana va urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz haqida gapirib bermoqdalar.
Biz - buyuk yurt farzandlarimiz. Ushbu sinovli kunlarni ham hamjihatlikda, mardanovor yengamiz va kelgusida yanada ulkan yutuqlarni qo始lga kiritamiz. Hamjihatlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashamiz.
袗ziz yurtdoshlar! Shunday ekan, uyda qolib, shifokorlar, mutaxassislar tavsiyalariga amal qilaylik va sinovli kunlarni birdamlikda yengib o’taylik!
Gavharjon Durdiyeva,
Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimi,
O始zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a始zosi.