O始zR F袗 Materialshunoslik institutiga Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a始zolari O始zbekistondagi Katta Quyosh qurilmasining texnologik imkoniyatlari, unda sintez qilingan materiallar, Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan ilgari surilayotgan yashil vodorod energetikasi, karbon tolalarini ishlab chiqarish, funktsional materiallar yaratish bo始yicha ishlab chiqilayotgan texnologiyalar bilan tanishdilar.
Shuningdek, vodorod energetikasi yo始nalishi bo始yicha KITECHning ilmiy markazlarida stajirovkaga yo始naltirishga tavsiya etilgan yosh olimlar bilan suhbat o始tkazildi.