馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ko`p imkoniyatli zamonaviy meteostansiya yaratildi


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Quyosh energiyasi xalqaro instituti olimlari tomonidan meteostansiya ishlab chiqildi.

Quyosh energiyasi xalqaro instituti binosiga o始rnatilgan meteostantsiya bir vaqtning o始zida Quyosh nurlanishi quvvatini, shamol tezligi va yo始nalishini, atrof-muhit haroratini o始lchash imkonini beradi. Meteostansiya Quyosh nurlanishi quvvatini o始lchaydigan ikkita datchikdan, biri gorizontal ravishda, ikkinchisi, gorizontga 45芯 burchak ostida joylashtirilgan, shamol tezligi va yo始nalishini o始lchaydigan datchikdan hamda haroratni aniq o始lchaydigan termometrdan tashkil topgan. Ushbu qurilmalardan olingan ma始lumotlar ikkilamchi qurilma orqali kompyuterga yuboriladi. Kompyuterda Institut olimlari tomonidan yaratilgan maxsus dastur o始rnatilgan, har bir daqiqada (vaqt oralig始ini 60 daqiqagacha o始zgartirish mumkin) o始lchangan ma始lumotlar kompyuterda saqlanib boriladi. Meteostansiya tizimi elektr energiya ta始minoti yuqori samaradorlikka ega bo始lgan Quyosh fotoelektrik modullari tomonidan amalga oshiriladi. Respublika bo始ylab bunday qurilmalarni yuzlab/minglab o始rnatish ko始zda tutilmoqda va bu O始zbekistonda energetik bashoratlash (Energy metrology)ni rivojlantirish imkonini beradi. Natijada katta miqdorda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulangan elektr tarmoqlariga ega energetika tizimini turg始unligini saqlashda muhim bo始lgan naukasting bashoratlash (nowcasting) tizimi yaratiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!