Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Konstitutsiyaviy islohotlarda inson qadri


O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida hozirgi va kelajak hayotning huquqiy asoslarini takomillashtirish mas’uliyati va vazifasi vujudga keldi desak, hech ham xato qilmagan bo‘lamiz. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat-davlat manfaatlari mutlaqo boshqacha, ya’ni inson qadri, inson qadrini ulug‘lash, inson manfaatlarini har narsadan ustuvor qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy maqsadi – xalqni rozi qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalash, hayot va turmush manzarasini tamomila yangi qiyofaga olib chiqish, eng muhimi, odamlarning konstitutsiyaviy islohotlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir. O'zRFA Genetika va o'simliklar ekperimental biologiyasi institutida ham Konstitutsiyaviy islohotlarga bag'ishlangan  tadbir bo'lib o'tdi. Unda institut xodimlariga konstitutsiyadagi o'zgarishlar va uning ahamiyati haqida keng ma'lumotlar berildi.  Ilmiy xodimlar o'zlarini  qiziqtirgan savollariga  javoblar olishdi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!