Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Konstitutsiyamiz - huquq va erkinligimiz kafolati


Respublikamiz bo’ylab baxtimiz Qomusi, huquq va erkinliklarimiz poydevori bo’lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 27 yilligi keng nishonlanmoqda.

2019-yil 5-dekabr kuni O’zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamkorlikda Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligini munosib o‘tkazish maqsadida “Konstitutsiyamiz - huquq va erkinligimiz kafolati” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod tumani hokimiyati, Yunusobod tumani madaniyat bo’limi va shu tumanda joylashgan o’rta va o’rta-maxsus ta’lim maskanlari o’quvchilari bilan birgalikda bayram tadbirlari davom etdi. Yoshlar uchun Qomusimiz haqida kerakli ma’lumotlar berildi. Tadbirning badiiy qismi esa barchaga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!