Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Konstitutsiya - taraqqiyot poydevori” nomli  manaviy-marifiy tadbir tashkil etildi


O’zR FA O`zbekiston tarixi davlat muzeyida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag`ishlangan “Konstitutsiya - taraqqiyot poydevori” nomli  manaviy-marifiy tadbir tashkil etildi. Unda Muzey xodimlari hamda Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitet xorijiy filologiya fakulteti,Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va Dizayin insitituti tasviriy san’at fakulteti, Mirobod tumanidagi 110-maktab, 211-maktab, Shayhantohur tumanidagi Bolalar ijodiyot maktabi o’quvchilari qatnashdi. 

  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ahamiyati, hayotimizda tutgan o’rni haqida ma’ruza qilindi. Konstitutsiya bu - boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlatning asosiy qonuni sifatida ekanligini e’tirof etishdi. Tadbirda iqtidorli o’quvchi yoshlar ijrosida bayramga bag`ishlangan turli sher, qo’shiq va raqslar ijro etildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!