2018-yil 6-dekabr kuni O始zbekiston Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda O始zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag始ishlangan “Konstitutsiya - qonunchiligimiz asosi” mavzusida ma始naviy-ma始rifiy tadbir o始tkazildi.
Tadbirni Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi Xurshid Fayziyev ochib berdi. Tadbirda muzey xodimlari, O始zMTDP Toshkent shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanboyev, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi o始rinbosari To驶lqin Hayit, Toshkent shahar Xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashi deputatlari, O始zbekiston nogironlar jamiyati Toshkent shahar bo始limi raisi Feruzaxon Vosiqova, Toshkent davlat yuridik universiteti professor o始qituvchilari, O始zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti vakillari qatnashdilar.
Tadbir yakunida “Kitoblar viktorinasi” va muzey bo始ylab ekskursiyalar uyushtirildi.