Konstitutsiya – baxtimiz qomusi. Darhaqiqat, 8-dekabr Bosh qomusimiz qabul qilingan sana sifatida yurtimizda keng nishonlanmoqda. Shu qatori Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida ham Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar farovon hayotimiz, baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz qadim tariximiz, boy maʼnaviy merosimizni tiklash, yurtimizda obod va farovon hayot qurish, Vatanimizni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga qoʻshishda muhim huquqiy poydevor ekanligini taʼkidlashdi.