Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Kompleks analiz, geometriya va dinamika” mavzusidagi xalqaro maktab


Urganch davlat universitetida  Xalqaro nazariy va amaliy matematika markazi   (CIMPA - Centre International de Mathématiques Pures et Appliquées),  Xalqaro matematiklar uyushmasi   (CDC- Commission for Developing Countries, IMU-International Mathematical Union), Xorazm Ma’mun akademiyasi, O’zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda “Kompleks analiz, geometriya va dinamika” mavzusidagi xalqaro  maktab (CIMPA school) aralash shaklda (online hamda oflayn) o’z ish faoliyatini boshladi. 

  

Tadbirning dastlabki kunida akademik  A. Sa’dullayev, prof. Judith Brinkschulte, prof. Eleonora Di Nezzalarning ma’ruzalari eshitildi. Ushbu maktab ma’ruzalarida respublikamizdagi Kompleks analiz, geometriya va differensial tenglamalar sohasining yetuk mutaxassislaridan prof. A. Xasanov,  prof.  A. Artikbayev, prof. R. Ashurov, prof. I.Ikromovlar va  respublika hamda xorijiy universitetlarning 70 nafardan ortiq  iqtidorli  talaba, magistrant, doktorantlari  ishtirok etmoqda.

Bu maktab 2021-yil 25-oktabrdan 6-noyabr kuniga qadar davom qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!