O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti “Kimyoviy texnologiya va sirt faol moddalar” laboratoriyasi olimlari tomonidan ko始mir briketlarini ishlab chiqarishda qo始llaniladigan mahalliy xom-ashyo chiqindilari asosida import o始rnini bosadigan bog始lovchi yaratildi.

Ko始mir briketlarini ishlab chiqarish uchun mahalliy xom-ashyo chiqindilari asosida yangi import o始rnini bosadigan bog始lovchi mustahkamlikni ta始minlaydi, issiqlik va yonish vaqtini oshiradi.
Yangi ishlanma ishlab chiqarish chiqindilardan foydalanish va energiyani tejash imkonini beradi, mahsulot tashish, saqlash, ishlatish uchun zarur bo始lgan xususiyatlarga ega.
Sanoat sinovlari “袗ngren ko始mir invest”,”袗ngren ko始mir ta`minot”, “Namangan ko始mir yetkazuvchi”, “Xorazm ko始mir yetkazuvchi” korxonalarida o始tkazilib ijobiy natijalar olindi.