馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Kitob-albom taqdimoti o始tkazildi


O始zR F袗 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “袗bu 袗li ibn Sino asarlari qo始lyozmalari Turkiya kutubxonalarida” kitob-albomi taqdimoti o始tkazildi. Unda Institut rahbariyati, ilmiy xodimlari hamda Turkiyaning Seljuk universiteti professorlari Mustafa Demirci hamda Fahr谋 Ozp谋lavc谋 ishtirok etdilar.

“袗bu 袗li ibn Sino asarlari qo始lyozmalari Turkiya kutubxonalarida” kitob-albom ikki qismdan iborat bo始lib, birinchi qismi kirish maqola va yetti bo始limni o始z ichiga olgan. Ulardagi Ibn Sino hayoti va ilmiy ijodiga doir maqolalar o始zbek va turk olimlari tomonidan yozilgan.

Kitob-albomning ikkinchi qismida buyuk faylasuf 袗bu 袗li ibn Sinoning Turkiya kutubxona va muzeylarida saqlanayotgan qo始lyozma asarlarining tavsiflari taqdim etiladi. Olimning asarlari mavzu bo始yicha tarjimai hol, tabobat, falsafa, mantiq, ilohiyot, adabiyot, tasavvuf, axloq va tafsir ilmiga ajratildi.

Ibn Sino asarlariga o始z davridayoq va undan keyin ham qiziqish katta bo始lgan. Shu sababli Musulmon sharqning turli mintaqalaridan yetishib chiqqan mashhur olim va tabiblar Ibn Sino asarlariga sharhlar yozib, qisqartmalar tuzganlar. Keyinchalik bu qisqartmalarga sharhlar ham yozilgan.

Kitob-albomga Ibn Sino asarlariga bo始lgan e始tibor va ehtiyojni ko始rsatish maqsadida Ibn Sino asarlariga yozilgan sharhlar, qisqartmalar, shuningdek, ularga bitilgan sharhlar ham kiritilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!