Buyuk g'alabaning 75 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati arafasida xalqimizning urush yillaridagi ulkan jasorati va matonatini aniq tarixiy hujjatlar asosida yosh avlodga yetkazish, urush va front ortida zahmat chekkan insonlarning aziz nomlarini abadiylashtirish maqsadida “O'zbekiston” nashriyotida “O'zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi” nomli kitob-albom tayyorlanib, “Kolor-pak” bosmaxonasida o'zbek, rus va ingliz tillarida 20 ming nusxada chop etildi.
2020-yil 31-oktyabr kuni O’zR FA O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazida ushbu kitob-albomning onlayn taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirda kitob-albom mualliflari, uni tayyorlashda ishtirok etgan yetakchi olimlar, yosh tadqiqotchilar qatnashdi. Onlayn-taqdimotda O'zR FA vitse-prezidenti, O'zbekistonning eng yangi tarixi bo'yicha Jamoatchilik kengashi Raisi o'rinbosari, professor B.Abduxalimov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'linmasi rahbari N.Mustafayeva, professor M.Raximov, urush qatnashchisi Ahmadjon Mamajonovning farzandi R. Mamajonovlar nutq so’zlab, kitob-albom hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G'alabaga O'zbekiston xalqining qo'shgan hissasi to'g'risida fikr bildirdilar.