馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

鈥淜indiktepa鈥漝an nimalar ma'lum?


Kindiktepa – Tuyabo始g始iz suv ombori (Toshkent dengizi) hududidagi arxeologik yodgorliklardan biridir. Tuyabo始g始iz qishlog始idan 2 km janubda joylashgan.

“Kindiktepa” nomining kelib chiqishi yaqin tarixga borib taqaladi. Bu so`z o始zbek va turk tillaridagi “kindik” so始zidan kelib chiqqan. Arxeologlar tomonidan olib borilgan qazuv ishlari natijasida yodgorlikning stratigrafik rejasi Toshkentdagi Shoshtepani eslatishi ma始lum bo始ldi. Bu yodgorlik Burg始uluq madaniyatiga tegishli bo始lib, dastlab qishloq ko始rinishida, keyinroq shahar markazi darajasiga ko始tariladi. Uning nomi tarixiy manbalarda saqlanib qolmagan.

Qazilma jarayonlarida topilgan kulolchilik ashyolari e. av. I - IV asrlarga oid bo始lgan Qovunchi madaniyatini ko始rsatadi. Sopol buyumlarning dastalarida uy hayvonlarining, jumladan, buqa, qo始y boshining tasviri tushirilgan. Bu tasvirlar Qovunchi madaniyatiga tegishli aholining diniy tasavvurlarini anglatadi.

 

 

Manzilgohdan ko始plab numizmatik materiallar ham topib o始rganilgan bo始lib, u O始rta Osiyoning boshqa hududlari bilan olib borilgan keng iqtisodiy aloqalardan darak beradi.

 

Yodgorlikdan topilgan, Chochda zarb etilgan sosoniylar va qoraxoniylar davri tangalari hamda sirli sopol buyumlari shaharning IX—XII asrlarda yangi taraqqiyot darajasiga ko始tarilgani va savdo iqtisodiy aloqalarda muhim ahamiyatga ega bo始lganidan darak beradi.

  

Hozirgi vaqtda shahar atrofida va uning chekkasida suvning pasayishi natijasida ko'plab past-baland tog'lar paydo bo'lgan. Bu yerda olib borilgan qazishmalarda Qovunchi madaniyatiga xos idishlar, temir pichoqlar, turli asboblar, zargarlik buyumlari bilan birga dafn qilingan katakombalar topildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!