Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Kechirasiz, bu ilmiy tadqiqot institutimi yoki tashlandiq bino?!" maqolasiga MUNOSABAT


O'zR Fanlar akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti o'z faoliyatini o'tgan asrning 50 yillaridan boshlagan bo'lib biologiya va qishloq xo'jaligi fani sohasida yirik ilmiy muassasa sifatida shakllanib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-sonli “Ilmiy-tadqiqot mussasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori 3-ilovasi “2018-2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi”ga muvofiq O'zR Fanlar akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti 2021-yilda kapital ta'mirlashga 5 304,5 ming so'm (Besh milliard uch yuz turt million besh yuz ming), ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash uchun 438 600 (To'rt yuz o'ttiz sakkiz ming olti yuz) AQSh dollari va zarur butlovchi buyumlar, sarflash materiallari va reaktivlar bilan ta'minlash uchun 8 320 (Sakkiz ming uch yuz yigirma) AQSh dollari ajratilishi ko'zda tutilgan. Hozirda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan asbob-uskunalarni xarid qilish uchun ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Institutda bir necha fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bajarilmoqda va ma'lum darajada yutuqlar qo'lga kiritilgan. Jumladan,

so'nggi 3-4 yil ichida 20 tadan ortiq ishlanmaga patent olindi;

g'o'zaning 5 ta navi istiqbolli navlar qatoriga kiritildi;

so'nggi 2 yilda bug'doyning 100 tonna original urug'lari urug'chilik bilan shug'ullanuvchi fermerlariga sotildi;

so'nggi 4 yilda 22 ta fan doktorlari va falsafa doktorlari tayyorlandi;

Institutda nafaqat g'o'za, bug'doy va soya, balki dorivor va dukkakli ekinlar bo'yicha yangi yo'nalishlar ochildi.

Institut ichki imkoniyatlaridan foydalanib zamonaviy asbob-uskunalar va kimyoviy reagentlar, jumladan, B.A.Rasulovning (muallif) talabi bo'yicha barcha asbob-uskuna va reaktivlar xarid qilingan.

 

 

B.A.Rasulov  (https://human.uz/site/inner/6908) keltirgan ma'lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Ishchi guruh tashkil etiladi va o'rganiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!