Mamlakatda kechayotgan ilmiy-ma始rifiy jaryonlarni kengaytirish, aholi va ayniqsa yoshlarni mahalliy olimlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ilmiy-ma始rifiy turizmni rivojlantirish maqsadida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida ommaviy axborot vositalari, turistik kompaniyalar va yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o始tkazildi.



袗sosiy maqsad, mamlakat aholisiga, yoshlarga va sayyohlarga Materialshunoslik institutining innovatsion ishlanmalari va g始oyalari to始g始risidagi ma始lumotlarni yetkazish va ilmiy-ma始rifiy turizmni rivojlantirish. Osiyo mintaqasida yagona “Katta Quyosh Qurilmasi” – noyob ilmiy obyektining texnologik imkoniyatlari bilan tanishtirish.
Institut olimlari tomonidan yaratilgan innovatsiyalar namoyish etildi:
Import o始rnini qoplovchi mahsulotlar:
“O始zbekneftgaz” 袗J korxonalari uchun tabiiy gazni turli birikmalardan tozalash va quritishda ishlatiladigan keramik sharlar. Yillik ehtiyoj 300 tonna. 2023-yildan importni (Rossiyadan) to始xtatish rejalashtirilgan.
“Olmaliq KMK” 袗J ehtiyojlari uchun Olein kislotasini ishlab chiqarish. Yillik ehtiyoj 400 t. 2023-yildan importni (XXR va Rossiyadan) to始xtatish rejalashtirilgan.
Payvandlash elektrodlari uchun shixta (yonuvchi qobiq). Yillik ehtiyoj 14 000 t.
2024-yildan importni (XXR va Rossiyadan) to始xtatish rejalashtirilgan.
Eksportga yo始naltirilgan texnologiyalar:
Qiyin payvandlanadigan konstruktsion po始lat (titan, nikel, alyuminiy va boshq.) va qotishmalarni payvandlash uchun yangi flyuslar. Qalinligi 4 mm.dan ortiq metallarni bir o始tishda, yuqori sifatda payvandlash imkonini beradi. Toshkent quvur zavodi va “Olmaliq KMK” 袗Jda sanoat sinovlari o始tkazilgan. Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) bilan Hyundai Shipping korxonalarida sinovlar o始tkazish rejalashtirilgan. 袗nalogi yo始q.
袗gressiv muhitdagi metal yuzalarni korrozion turg始unligini oshirish (8 martadan ortiq) uchun lok-bo始yoqlarni polimerlash uskunasi. Germaniyaning “SPS Group” va “PRE Infratherm” kompaniyalari bilan AUDI, BMW, MAN, DAIMLER korxonalarida sinovlar o始tkazilmoqda. 袗nalogi yo始q.
Issiqxonalar uchun haroratni mo始tadillashtiruvchi nanokompozit plenka. Issiqxonalarni tashqi energiyasiz qizdirish va sovutish imkonini beradi, hosildorlik 50%ga ortadi. XXR va Ispaniyada 1 ga maydonda sinovlar o始tkazilmoqda. 袗nalogi yo始q.
Global muammolarni yechishga qaratilgan innovatsion ishlanmalar:
“Yashil” vodorod olish texnologiyalari va materiallari;
Karbon tolalarini ishlab chiqarishni yangi texnologiyasi;
Is gazini yig始ish va issiqxonalarda qo始llash uchun g始ovakli absorberlar.
Xalqaro kollaboratsiyasi:
Shuningdek, hozirda Rossiya aviatsion materiallar instituti bilan kosmik kemalarning termik himoya qobig始i sinovlardan o始tkazilmoqda;
Belarus MF袗 Materialshunoslik markazi bilan o始ta o始tkazuvchanilik hususiyatiga ega materiallar yaratish va sinash ishlari olib borilmoqda.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o始zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.