Xorazm Ma始mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo始limining arxeolog olimlari Kat-qal始a yodgorligining g始arbiy qismida navbatdagi izlanishlarni davom ettirdilar. 袗yni paytdagi izlanishlar yodgorlikning markazi va g始arbiy qismida olib borildi.

Izlanishlar natijasida yirik monolitli platforma qoldiqlari o始rganilmoqda. Platforma asosan, 40x40x10, 41x41x10 sm hajmdagi xom g始ishtlardan tiklangan bo始lib, uning qoldiqlari 28x14 m maydonda kuzatiladi. Bu yerdan asosan, milodiy III-IV asrlarga oid sopol qoldiqlari aniqlanmoqda. Qal始a markazidagi shurfda ilk antik (miloddan avvalgi IV-III asrlar) davrga tegishli qatlamlar bilan birga so始nggi antik davrga oid (milodiy II-IV asrlar) turar-joylar qoldiqlari aniqlanib o始rganilmoqda. Ilk antik davr qatlamlarida sopol buyumlar qoldiqlari, shuningdek, shu davrga oid sopol idishlar orasida miloddan avvalgi V asrga oid topilmalardan muhimi manjetsimon gardishli arxaik xumlar qo始lga kiritildi. Ushbu topilmalar shaharning barpo etilishi bilan bog始liq ma始lumotlarni qayta ko始rib chiqishni taqozo etadi. Bizga ma始lumki bunday idishlar turlari miloddan avvalgi VII-V asrlarda nafaqat Xorazm, balki butun O始rta Osiyodagi tarixiy hududlarda keng tarqalgan.
Topilmalar orasida sopol haykalcha o始zining nafis ishlanganligi bilan ajralib turadi. Sopol haykalcha tasviri, undagi qiyofa ko始rinishi aniq tasvirlangan. Bunday tipdagi haykalchalar Xorazm yodgorliklarining ilk antik davr qatlamlarida ko始plab uchraydi.

Shunday qilib, mavjud materiallarning tahlili platformani milodiy II-IV asrlarga talluqli degan fikrni ilgari surishga imkon beradi va bu yodgorlikda antik davrning so始nggi bosqichlari va ehtimol, ilk o始rta asrlarning boshlarida ham hayot tarzi faol davom etganligini ko始rsatishga imkon beradi (milodiy IV asr – V asr boshlari). Platformaning to始liq rejalashtirilishi va vazifasi hali aniq hal etilmagan. Ehtimol, platforma diniy marosimlar o始tkazish bilan bog始liq xususiyatga ega bo始lgan bo始lishi mumkin. Shu bilan birga so始nggi arxaik davr sopollarining topilishi bu yerda antik davrgachayoq manzilgoh mavjud bo始lganligi haqida yangicha qarashni ilgari surishga imkon beradi.

Olib borilayotgan tadqiqotlar yodgorlik tarixiga doir yangi ma始lumotlarni taqdim qilmoqda. Mazkur yodgorlikda izlanishlarni keyingi yillarda ham davom ettirilish rejalashtirilmoqda!