Xorazm Ma始mun akademiyasining Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo始limi arxeologlari Shovot tumanida joylashgan Kat qal始a arxeologik yodgorligida qazuv ishlarini olib bormoqdalar. 袗yni paytda yodgorlikning g始arbiy qismida amalga oshirilayotgan izlanishlar natijasida ilk antik (mil.av. IV-III asrlar) va so始nggi antik davrga oid (mil. II-IV asrlar) me始moriy inshootlar qoldiqlari aniqlanib o始rganilmoqda.

O始z navbatida tadqiqotlar davomida juda ko始plab ilk va so始nggi antik davrga oid sopol buyumlar, marmardan ishlangan idishchalar qoldiqlari va shahar hayotining keyingi bosqichlariga doir sopollar bo始laklari hamda mis uzuk ham aniqlandi, shu jumladan, quyi qatlamlardan arxaik davrga xos idishlar bo始laklari ham topilgan bo始lib, shaharning barpo etilishi bilan bog始liq yangi ma始lumotlarni taqdim etadi. Izlanishlar hali davom etmoqda!


Ma始lumot uchun: Kat qal始a (Shovot) – Shovot tumanidagi Beruniy nomli shirkat xo始jaligi Kat qishlog始i hududida joylashgan, rejalashtirilishi noto始g始ri to始g始ri burchak, umumiy hajmi 10,8 ga, qadimda ikki qatorli devor o始rab olgan bo始lib, ular o始z navbatida yarim aylanali kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o始rtasidagi oraliq –27 m. Yodgorlik miloddan avvalgi IV asrda qurilgan.