馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qardosh ikki millat do始stligi abadiydir


2022-yil 1-iyul kuni Nukusda bo始lib o始tgan voqealar hech kimni befarq qoldirmadi. Qoraqalpog始iston Respublikasining Nukus shahrida ayrim fitnachi kimsalar tomonidan uyushtirilgan noqonuniy namoyishlar nafaqat Qoraqalpog始istonda, balki O始zbekistonda ham tinchlikni izdan chiqarishga qaratilgani, o始zbek va qoraqalpoq xalqlari o始rtasida azaliy do始stlikka sovuqchilik  tushirishga urinish ekanligi oldindan ayon edi. Buni ijtimoiy tarmoqlarda asossiz, mantiqsiz, yengil-yelpi feyk ma始lumotlardan ko始rib turibmiz.

Uzoq asrlar mobaynida o始zbek va qoraqalpoq xalqlari haqiqiy og始a-inichilik fazilatlariga asoslanib, o始zaro munosabatlarini shakllantirib kelgan. Bu ikki qavm ma始naviy-ruhiy yaqinligini belgilaydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ularning o始zaro yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib keldi. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, umummilliy qadriyatlar, jondoshu-qondosh bo始lgan har ikki millat uchun tarixiy ahamiyatga ega an始analar shakllandi. Shu asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon, yagona maqsad vujudga keldi.   

Keyingi 5-6 yil ichida Qoraqalpog始istonda yuz bergan ijobiy o始zgarishlar juda katta: ko始p yangi korxonalar, obod shaharlar, qishloqlar, mahallalar yaratildi, Orol dengizining qurib qolgan qismi o始zlashtirilmoqda, Yangi Mo始ynoq yaratildi, Nukus shahri obodonlashtirilmoqda, qoraqalpoq tili, madaniyati, san始ati, ta始lim tizimi, fani rivojiga katta e始tibor qaratilmoqda.

Hozirda ham yelkani-elkaga quyib, 2022-2026-yillarda Qoraqalpog始iston Respublikasi hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash nazarda tutilmoqda. O始zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Yangi O始zbekistonda Yangi Qoraqalpog始istonni bunyod etish yo始lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalq bilan bamaslahat va birgalikda amalga oshirish muhimdir.

Xulosa qilar ekanmiz, Nukusdagi voqealar tashqi kuchlarning mafkuraviy ta始siri ekanligi hamda unga qarshi  faqat teran aql, og始ir-vazminlik, sof tafakkur va mustaqil tahliliy fikr yuritgan holda tinchlikni saqlab qolish zarur. Tinchlik eng oliy ne始matdir. Tinchlik hukm surgan yurtda rivojlanish va inson qadri ulug始 bo始ladi. Biz ikki qardosh millatmiz, o始zligimizga hech bir tashqi kuch rahna solishiga yo始l quymaslik har birimizning burchimiz hisoblanadi.

Bahrom 袗bduhalimov,
O始zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti,
tarix fanlari doktori, professor.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!