Shu yilning 25-oktabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Ushbu tutilish qisman Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 82 foizini to’sadi. Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo’lib, O’zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.
Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, G’arbiy Sibir va O’rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin.
Tutilishni kuzatish mumkin bo‘lgan hududlar dunyo xaritasida
O‘zbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi deyarli bir xil katta fazada kuzatiladi. Maksimum fazada Quyosh yuzasining 68% gacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Quyoshning botib ketishi tufayli ba’zi hududlarda tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo’ladi.
O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin.
O‘zbekistonning yirik aholi maskanlari uchun qisman Quyosh tutilishining ba’zi tafsilotlari
Aholi yashash maskanlari |
Tutilishning boshlanish vaqti |
Tutilishning maksimum vaqti |
Tutilishning tugash vaqti |
Maksimal fazasi (foizda va tutilish kattaligida*) |
Tutilishning umumiy davomiyligi** |
Toshkent |
15:23 |
16:34 |
17:38 |
68% (0,75) |
2 soat 4 daqiqa |
Nukus |
15:08 |
16:23 |
17:33 |
68% (0,75) |
2 soat 25 daqiqa |
Urganch |
15:12 |
16:27 |
17:36 |
67% (0,74) |
2 soat 24 daqiqa |
Navoiy |
15:15 |
16:29 |
17:36 |
68% (0,75) |
2 soat 21 daqiqa |
Buxoro |
15:19 |
16:33 |
17:40 |
66% (0,73) |
2 soat 20 daqiqa |
Samarqand |
15:22 |
16:35 |
17:41 |
66% (0,73) |
2 soat 18 daqiqa |
Qarshi |
15:24 |
16:36 |
17:42 |
64% (0,72) |
2 soat 18 daqiqa |
Termiz |
15:29 |
16:40 |
17:41 |
62% (0,70) |
2 soat 16 daqiqa |
Jizzax |
15:23 |
16:35 |
17:35 |
66% (0,73) |
2 soat 17 daqiqa |
Guliston |
15:27 |
16:39 |
17:41 |
63% (0,70) |
2 soat 16 daqiqa |
Andijon |
15:27 |
16:37 |
17:16 |
67% (0,74) |
2 soat 13 daqiqa |
Namangan |
15:25 |
16:36 |
17:20 |
67% (0,74) |
2 soat 14 daqiqa |
Farg‘ona |
15:27 |
16:37 |
17:19 |
66% (0,73) |
2 soat 14 daqiqa |
Qo‘qon |
15:26 |
16:37 |
17:22 |
67% (0,74) |
2 soat 14 daqiqa |
Zomin |
15:24 |
16:36 |
17:33 |
66% (0,73) |
2 soat 16 daqiqa |
*Tutilish kattaligi – bu Quyosh diametrining Oy tonomidan to’silgan qismi hisoblanadi.
**Quyoshning botishi tufayli tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo’ladi.
Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to’g’ri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68% ni to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21° ni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to’g’ri keladi.
Tutilish fazalarining Toshkent vaqti bo‘yicha boshlanish vaqti
Tutilish fazalari |
Foizda |
Toshkent vaqti |
Quyoshning gorizontdan balandligi |
Boshlanishi |
0% |
25-oktabr 15:23 |
21° |
Maksimumi |
68% |
25-oktabr 16:34 |
9° |
Tugashi |
0% |
25-oktabr 17:27 |
0° (Quyosh botadi) |
Qisman Quyosh tutilishi haqida qisqacha ma’lumot
Qisman Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining ma’lum bir qismi Oy tomonidan to‘silish holatiga aytiladi. Quyosh tutilishining qisman bo‘lishi Oy va Quyosh markazlarining ustma-ust tushmasdan to’silishi bilan izohlanadi.
Qisman Quyosh tutilishi modeli
Qo‘shimcha ma’lumotlar: http://www.astrin.uz/uz/news/ubai_event/event_25102022.php
Matekov Azizbek,
O‘zR FA Ulug‘bek nomidagi
Astronomiya instituti
kichik ilmiy xodimi.