Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Jiyda izidan – proto-shaharga: Transoksianada dehqonchilikning ilk qadamlari


Transoksiana (Mavorounnahr) hududi ("Transoksiana ("Daryo orti") qadimgi yunon va Rim (lotin) manbalarida qo'llangan atama bo‘lib, arab manbalarida "Mavaro' un-nahr" (Daryo orti) shaklida uchraydi) ilk qishloq xo‘jaligi rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan demografik jarayonlarga o‘tish bosqichini boshdan kechirgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi dastlabki proto-shahar markazlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Biroq bu madaniy siljishning bog‘dorchilik faoliyatiga oid jihatlari yetarlicha o‘rganilmagan, xususan, mahalliy jiyda (Elaeagnus angustifolia) kabi uzoq avlod mevali daraxtlarning bog‘dorchilik tizimidagi o‘rni va ahamiyati hali yaxshi yoritilmagan.

O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi direktori F.A.Maqsudov va akademik A.Asqarovlarning o‘zbek va xitoylik olimlar bilan birgalikda olib borgan tadqiqotlari bo‘yicha navbatdagi tadqiqot natijalari xalqaro nufuzli jurnal - Scopus/WoSda e’lon qilindi (https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0305440325001487?utm_campaign=STMJ_220042_AUTH_SERV_PA&utm_medium=email&utm_acid=153013848&SIS_ID=&dgcid=STMJ_220042_AUTH_SERV_PA&CMX_ID=&utm_in=DM581693&utm_source=AC_).  

Ushbu izlanishda Sopollitepa yodgorligida aniqlangan jiydaning ikki turini xonakilashtirilishidan oldin Jez davri jamoalari tomonidan terilgani va yemish o‘laroq qo‘llanilgani C14 sanalashtirish va morfologik solishtirish orqali isbotlangan. 

 

O‘zbekistonlik va xitoylik olimlarning xalqaro miqyosdagi tadqiqotlari respublikamizning janubiy hududlaridagi dastlabki bog‘dorchilik faoliyati izlarini ochib bermoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, karbonlashgan urug‘lar morfologik jihatdan deyarli o‘zgarmagan, bu esa ularni ilk xonakilashtirish jarayonlari haqida muhim ma’lumot manbai ekanini ko‘rsatadi. Bu natijalar Markaziy Osiyoda proto-shahar madaniyatining shakllanishida bog‘dorchilikning qadimiy ildizlari borligini tasdiqlaydi.
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!