Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Janubiy Koreyaning Biofan va biotexnologiya tadqiqot institut xodimlarining O‘zR FA Botanika institutiga tashrifi


Janubiy Koreyaning Biofan va biotexnologiya tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Dr. Sangho Choi, Dr. Jin-Hyub Paik va Dr. San In Jo O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Koreya biofan va biotexnologiya tadqiqot institutining hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash hisoblanadi.

Shu munosabat bilan seminar tashkil etildi. Seminarda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti hamda Koreya biofan va biotexnologiya tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (O‘zbekiston Milliy Gerbariysi) va KRIBB o‘rtasida potentsial hamkorlik muhokama qilindi. Interaktiv munozaralar orqali ilmiy hamkorlik qilish va kelajakdagi rivojlanishni rag‘batlantirish xususida va boshqa bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.

 

 

 

Janubiy Koreyaning Biofan va biotexnologiya tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Dr. Sangho Choi, Dr. Jin-Hyub Paik va Dr. San In Jo.

 

 

 

Biofan va biotexnologiya tadqiqot instituti direktori Dr. Sangho Choi tadqiqot yo‘nalishlari va faoliyati haqida ma’ruza qildi.

 

 

 

O‘zbekiston florasi laboratoriyasi mudiri akademik K.Sh. Tojibayev Botanika institutining imkoniyatlari va xodimlarining ilmiy salohiyati haqida fikr bildirdi

 

 

 

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasida bajarilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!