Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Jaloliddin Manguberdi bobomiz tarixi, xalq himoyasidagi mardligi va jasorati” mavzusidagi uchrashuv


Bugun, 13-fevral kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida Xorazm viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi “Milliy gvardiyasi”ning Xorazm viloyati bo’limida faoliyat olib boruvchi ayol xodimalari va Akademiyaning Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limi ilmiy xodimlari ishtirokida “Jaloliddin Manguberdi bobomiz tarixi, xalq himoyasidagi mardligi va jasorati” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

Unda, bo’lim boshlig’i t.f.n. Yulduz Rahmonova so’zga chiqib, Xorazm tarixida o’chmas iz qoldirgan shaxs Jaloliddin Manguberdi va uning hayotiy faoliyati, u tomonidan olib borilgan janglar, harbiy taktikalar, o’sha davrda siyosiy vaziyat va Jaloliddinining dunyo tarixida tutgan o’rni mavzusida ma’ruza qildi. Shundan so’ng, Ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari, Jaloliddin bobomiz hayotiy faoliyati haqidagi o’z fikrlarini bayon qilishdi. Tadbir so’nggida, mehmonlar Akademiya qoshida tashkil qilingan “Xorazm tarixi va madaniyati doimiy” ekspozitsiyasiga tashrif buyurishdi va Xorazm tarixiga oid bo’lgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!