Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Jadidchilik fenomeni” nomli kitob nashr etildi


Tarix fanlari doktori, professor Dilorom Аlimovaning “Jadidchilik fenomeni” kitobi nashr etildi. Kitob XIX asr oxiri – XX asr boshida Turkistondagi milliy-taraqqiyparvarlik harakati – jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston tarix fanida birinchilardan bo‘lib jadidchilikning tarixiy mohiyatini va uning O‘rta Osiyo xalqlari tarixidagi ahamiyatini yaxlit va xolis tahlil etishga harakat qilingan.

Muallif tomonidan harakat tarixi davrlashtirilgan va ilg‘or ziyolilar tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlariga baho berilgan, ularning tarix, madaniyat, din va davlatchilik masalalariga qarashlari o‘rganilgan.

Kitobda jadidchilik harakatining Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Ishoqxon Ibrat, Abdulhamid Cho‘lpon kabi namoyandalari faoliyati va ularning Turkistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi roli yoritilgan.

Kitob jadidchilik harakatining g‘oya yaratuvchilari haqidagi ocherklar va jadidchilik harakatining asosiy namoyandalari haqidagi ma’lumotlar bilan yakunlanadi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!