Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Islomda xalqaro munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari” nomli oʼquv qoʼllanma chop etildi


OʼzR FА Davlat va huquq instituti boʼlim boshligʼi, professor Joʼraboy Toshqulovning “Islomda xalqaro munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslari” nomli oʼquv qoʼllanmasi chop etildi.

Qoʼllanma “Islom huquqshunosligi” oʼquv dasturi asosida tayyorlangan. Unda islomda xalqaro munosabatlar, ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslarning shakllanishi va rivojlanishi, xalqaro huquq, islomda hududlar, elchilik va xalqaro shartnomalar, urush va tinchlik, asirlarga munosabat, boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar va dindan qaytganlarning huquqiy maqomi, harbiy oʼljalar, musulmon boʼlmagan aholidan undiriladigan soliqlar bilan bogʼliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish asoslari tahlil qilingan.

Oʼquv qoʼllanma “Dinshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar”, “Islom tarixi va manbashunosligi” taʼlim yoʼnalishlari talabalari va “Fiqh” mutaxassisligi magistrlari hamda islom huquqiga qiziquvchilar uchun moʼljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!