馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining navbatdagi yig始ilishi


Toshkent shahrida 2021-yil 2 – 4-sentyabr kunlari bo始lib o始tgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining navbatdagi 46-yillik yig始ilishi doirasida “ITB Transformatorlari jamg始armasining ko始magida ertangi kun innovatsiyalari namoyishi” tadbiri bo始lib o始tdi. ITB bu tadbirni tez rivojlanayotgan dunyo hamjamiyatida fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni ijtimoiy va iqtisodiy o始sishning katalizatori sifatida e始tirof qilgan holda, tajribalar almashuvi va yangi aloqalarni yo始lga qo始yish “Javob berish, tiklash, qayta tiklash: hammaga COVID dan keyingi barqarorlik va gullab-yashnash” mavzusida tashkillashtirdi. Bu tadbir ITB Transformatorlari jamg始armasining roliga bag始ishlangan edi, Transformatorlar jamg始armasi, Engage platformasi, Innovatsion kraudfanding platformasi va IP ekosistemasi yordamida butun dunyo ishbilarmonlarini qo始llab-quvvatlash, innovatsiyalar ko始lamini oshirish, ertangi kun innovatsiyalarini namoyish qilish va fikrlar rivoji uchun mos muhit yaratishga bag始ishlandi.

Unda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori o始rinbosari Shahlo Miralimova ham ishtirok etdi. Sh.Miralimova tadbir qatnashchilariga Islom Taraqqiyot banki tomonidan g始oyadan uni amalga oshirishgacha moliyalashtirilgan va Transformatorlar jamg始armasi tomonidan yutuqlar jarayonining namunali modeli deb e始tirof etilgan “O始zbekistonda yangi probiotiklarni ishlab chiqarish” mavzusidagi loyihasini namoyish qildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!