O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta始lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-5032-son qaroriga muvofiq Materialshunoslik institutida F袗 ilmiy-tadqiqot muassasalarining ishlab chiqarishga joriy etishga tayyor yuqori texnologik ilmiy va innovatsion ishlanmalarning ko始rgazmasi tashkil etildi.

Ko始rgazmada Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining 40 dan ortiq energiya va resurstejamkor ishlanmalari, mahalliy xom-ashyodan ishlab chiqilib import o始rnini qoplashga va eksportga yo始naltirilgan innovatsion texnologiyalari namoyish etildi.
Ko始rgazmaning asosiy maqsadi Toshkent viloyati tadbirkorlari, fermerlari va ishlab chiqaruvchilarini olimlarimizning ilmiy tadqiqotlari natijalari bilan yaqindan tanishtirish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bir qatorda qishloq joylarda tez samara beradigan, yangi ish joylarini tashkil etish, eng muhimi, ortiqcha energiya sarfisiz mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar bilan tanishtirish.
Jumladan, ko始rgazmada, tashqi energiya sarfisiz issiqxonalar haroratini mo始始tadillashtiruvchi nanokompozit plenka (yozda sovutadi, qishda isitadi), qishloq xo始jalik mahsulotlarini hosildorligini oshirish (35-50%gacha) usullari, toza ichimlik suvi olish, radiofarmmahsulotlar, mujassamlashgan quyosh nuridan xo始jalik ishlari va ishlab chiqarishda samarali foydalanish bo始yicha ishlanmalar alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, O始zbekiston uchun yangi ilmiy yo始nalishlar – vodorod energetikasi texnologiyalari, karbon tolalarini ishlab chiqarish texnologiyasi, qishloq xo始jaligi uchun “sovuq plazma” texnologiyalarini ishlab chiqishga mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar taklif qilindi.