馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ishlab chiqarilayotgan biopreparatlarni amaliyotga tadbiq qilish


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida Qishloq xo始jaligi vaziri J.Xodjayev, Innovatsion rivojlanish vaziri, akad. I.袗bduraxmanov bilan uchrashuv bo始lib o始tdi.

Uchrashuvda O始zR Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2020-yil 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo始mitasidagi olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta始minlash maqsadida O始zR F袗 Mikrobiologiya institutining Qishloq xo始jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlari, takliflar va muammolarni hal etish masalalari ko始rildi.

  

Uchrashuv yakunida O始zR F袗 Mikrobiologiya instituti hamda Qishloq xo始jaligi vazirligi o始rtasida “Yo始l xaritasi” tasdiqlandi. O始zbekistonning turli hududlarida soya o始simligini yetishtirish bo始yicha O始zR F袗 Mikrobiologiya instituti va Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Mega loyihani amalga oshirish zarur ekanligi ma始qullandi. Dunaliella salina mikrosuvo始tlarini o始stirish uchun kichik masshtabdagi plantatsiyalar qurish va ulardan tijorat mahsulotlari olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo始yicha tijorat rejasi tasdiqlandi va Qishloq xo始jaligi vazirligi yordamida amalga oshirilishi belgilandi. O始zR F袗 Mikrobiologiya institutida ishlab chiqarilayotgan biopreparatlarni amaliyotga tadbiq qilish uchun ularni qo始llash mexanizmi, natijasi, hajmi va narxi haqida ma始lumotlar Qishloq xo始jaligi vazirligiga topshirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!