Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Iqtisodiy o'qish: Ijro intizomi tizimini takomillashtirish va ish jarayonini yanada samarali tashkil etish


29-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, Adliya vazirligi vakillari ishtirokida Fanlar akademiyasida markaziy apparat, tizim tashkilotlari, mintaqaviy bo‘limlari xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi. 

 


Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi G.A. Baxadirov ochib berdi.
Iqtisodiy o‘qish ijro intizomi tizimini takomillashtirish va ish jarayonini yanada samarali tashkil etishga qaratildi. Tadbirda Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish hamda ishlash jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokamasiga doir taqdimot qilindi.
Taqdimotda Umumiy bo‘lim boshlig‘i N.A. Abduraxmanova tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, elektron tizimda yaratilgan qulayliklar, o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan tizimli muammolar to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tizim tashkilotlariga mazkur kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlarga urg‘u berildi.
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!