2025-yil 13-fevralida Vazirlar Mahkamasi, tegishli tizim tashkilotlari, Fanlar akademiyasi Yagona buyurtma xizmati rahbariyati va mas'ullari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24 dekabrdagi PQ-454-son qarorida belgilangan prognoz parametrlariga erishish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida” mavzusida iqtisodiy oʻqish oʻtkazildi.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti S.Z. Mirzayev ochib berdi.
Fanlar akademiyasi Yagona buyurtma xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025—2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-454-sonli qarorida belgilangan prognoz parametrlariga erishish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilab olish va amalga oshirishga bagʻishlangan taqdimot boʻlib oʻtdi.
Tadbir yakunida Dasturning tegishli asosiy parametrlari, maqsadli koʻrsatkichlari va manzilli roʻyxatlari belgilangan muddatlarda toʻliq va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, ajratilgan mablagʻlarni maqsadli yoʻnaltirish hamda samarali sarflash yuzasidan choralar belgilab olindi.