O始zbekistonda baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirishda yangi, zamonaviy “intensiv” texnologiyalarni takomillashtirishdagi asosiy to始siqlardan biri ozuqalarning, birinchi galda beqiyos aminokislotalar, proteinga boy hayvon oqsili asosidagi ozuqalarning yetishmasligidir.
Ipakchilik sanoati chiqindilaridan oqsillarni ajratib olish texnologiyasi respublikamiz uchun istiqbolli hisoblanib, to始yimli oqsil saqlovchi ozuqalar olish va ipakchilik sanoati chiqindilaridan xalos bo始lish imkoniyatini beradi.
Ipakchilik chiqindilaridan oqsil mahsulotlarini ishlab chiqarish zaharsiz bo始lib, foydali jihatlari mavjud. Hozirgi vaqtda ipak qurti g始umbagidan oqsilni ajratib olish, tozalash, quritish va sterillash bosqichlarini jamlagan texnologiya yo始lga qo始yilmagan. Ma始lum bo始lgan barcha usullar doimiy saqlash uchun yaroqli bo始lmagan biologik materialni ma始lum darajagacha ajratib olinishi bilan chegralanadi. Shu sababli, ipakchilik sanoati chiqindilarini qayta ishlashning ulardan olinadigan barcha foydali komponentlarni to始liq qo始llash imkoniyatini beruvchi texnologiyasini yaratish dolzarb hisoblanadi.
O始zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan ipak qurti g始umbagidan oqsil va uning asosida to始yimli, proteinga boy ozuqa olish texnologiyasi ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan oqsil ajratib olish texnologiyasi bir necha texnologik bosqichlardan tashkil topgan bo始lib, u organik reagentlar vositasida yog始lar va pigmentlarni ekstraktsiyalash, deproteinlash, cho始ktirish, tozalash va quritish jarayonlarini o始z ichiga oladi.
Tozalangan oqsilning tarkibini o始rganish natijasida uning tarkibida 16 xil aminokislotaning mavjudligi va ulardan 9 tasi - valin, izoleytsin, leytsin, lizin, arginin, gistidin, metionin, treonin, fenilalanin noyob aminokislotalar ekanligi qayd etildi va patent olindi.
Ishlab chiqilgan texnologiya asosida O始zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti texnologik laboratoriyasi sharoitida mahalliy mahsulot - Bombyx mori ipak qurti g始umbagidan oqsil partiyalari ishlab chiqarilib, parrandalar va baliqlar ozuqalarida qo始llash bo始yicha sinovlar o始tkazildi.
O始zR Baliqchilikni rivojlantirish markazida ipak qurti oqsilini baliqlarni intensiv usulda ko始paytirishda qo始llash bo始yicha olib borilgan tajribalar natijasida karp balig始ini sanoat miqyosida yetishtirishdagi unumdorlik 20 kg/m3 ga yetganligi, mazkur natija belgilangan me始yoriy talablar hamda yaxshi baliq yetishtiruvchi xo始jaliklardan yuqori ekanligi aniqlandi. Bunda oziqlantirish koeffitsienti 2,1 ga teng bo始lib, mavjud boshqa oqsillar ozuqa koeffitsientlaridan ikki barobar samaralidir.
Oqsilning samaradorligini aniqlash bo始yicha sinovlar Qashqadaryo viloyatining Parrandachilik ilmiy-tadqiqot stantsiyasi va “Koson go始sht-sut mahsulotlari” MChJ parrandachilik xo始jaligida ham olib borildi. Oqsilni sinovdan o始tkazish jarayonida uni ozuqa tarkibida 0,5 % miqdorda qo始llash tuxum olish unumdorligining 48 % ga, go始sht hajmining 50- 55 % ga ortishiga olib keldi.
Oqsilni baliqlar va parrandalar bioozuqasi tarkibidagi faol qo始shimcha sifatida qo始llash uning hozirgi vaqtda bozorda mavjud bo始lgan hayvon oqsili asosidagi ozuqalarga nisbatan samarali ekanligini ko始rsatdi.